Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat
Yangiliklari

Institutda “Islom Karimov – mustaqil O‘zbekiston asoschisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Печать

Joriy yilning 3 fevral kuni “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi a’zolari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anyevich Karimovning 80 yillligi munosabati bilan    “Islom Karimov – mustaqil O‘zbekiston asoschisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Davlat San’at va madaniyat instituti “Sahna nutqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Magdiyev Bahodir Kabul-Kariyevich va xususiy tadbirkor, “Ko‘zgu  film”  MCHJ firma direktori Jalilova Gulnora Qudratillayevna hamda institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdi. Tadbirda ma’ruzachilar O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning mustaqil O‘zbekiston uchun qilgan buyuk xizmatlari to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga gapirib o‘tishdi. Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anyevich Karimov xotrasiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi.
 




 
 

Xotira abadiy, xotira muqaddas

Печать

2018 yil 2 fevral kuni Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa” fakulteti 4-Talabalar turar joyida О‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yillig munosabati bilan “Xotira kechasi” о‘tkazildi. Fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha dekan о‘rinbosari A.A’zamov nutq sо‘zladi, tadbirda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, dotsent. Isroilov Bektosh Erkinovich talaba-yoshlarga О‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning  Prezidentlik davri, amalga oshirgan ishlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
 
 
 
 

Yodi hamisha yodda!

Печать

2018 yil 1 fevral kuni Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa” fakulteti 4-Talabalar turar joyida О‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yillig munosabati bilan “Xotira kechasi” о‘tkazildi. Fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha dekan о‘rinbosari A.A’zamov nutq sо‘zladi, tadbirda TJICHAB kafedrasi katta о‘qituvchisi U.Xо‘janazarov,  4-Talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi A.Ismoilov hamda talabalar turar joyida yashovchi talabalar ishtirok etishdi. Tadbir sо‘ngida О‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasiga bag‘ishlangan “E’zoz” nomli film talabalar e’tiboriga havola etildi.
 



 
 
 

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti va Koreya sanoat texnologiya instituti vakillarining navbatdagi uchrashuvi

Печать

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 2759-son Qarori ijrosini ta’minlash borasida joriy yilning 1-2 fevral kunlari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti raxbariyati Koreya sanoat texnologiya instituti (KITECH)dan tashrif  buyurgan vakillar, doktor Park (Dr. Park Jongsik), miss. Li (miss. Lee Haeinn) hamda mister Yuu (mr. You Chitack)  larni qabul qildilar. Olib borilgan muzokaralarda asosiy e’tibor Koreyadan Texnopark uchun jo‘natilgan jixozlarning birinchi qismini qabul qilishga qaratildi. Bundan tashqari, uchrashuvda barpo etilayotgan Texnoparkning laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, mebel va boshqa zarur bo‘lgan jixozlarning ikkinchi navbati va ro‘yxatini shakllantirish  bo‘yicha fikr almashinildi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda institut rektori t.f.d., prof. S.Z.Yunusov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor  t.f.d., prof. X.H.Kamilova, t.f.d., prof. S.Sh.Tashpulatovlar ishtirok etishdi.

 
 

Islom Karimov-Mustaqil O‘zbekiston asoschisi

Печать

Joriy yilning 30 yanvar kuni institut madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Islom Karimov-Mustaqil O‘zbekiston asoschisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda institut Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor U.Abdullayev, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Muhammad Ismoil, O‘zbekiston davlat mukofoti soxibi, davlatimizning yetuk olimi, akademik I.G‘ofurov,  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi A.Otajonov va Yakkasaroy tumani Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari B.Yunusov hamda institut professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari, shuningdek, institut qoshidagi Akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligiga qo‘shgan ulkan hissasi, u kishining sermazmun hayoti va faoliyatining yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida batafsil gapirib o‘tdi. Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasiga bag‘ishlab tayyorlangan “E’zoz” nomli hujjatli film namoyish etildi.
 



 


 
 

Sahifa 4 из 157

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries