Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat
Yangiliklari

Siz kiygan libos tarbiyaga bo‘lsin xos

Печать

Joriy yilning 18 may kuni “Paxta sanoati texnologiyasi” fakultetida “Siz kiygan libos tarbiyaga bo‘lsin xos” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Yusupov, institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Toyirova, PSTF xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Dustova hamda talaba- qizlar ishtirok etdi. Tadbirda xalqimiz azal-azaldan umrboqiy an’ana, milliy urf-odatlari bilan nom taratgan. Uvaysiy, Nodirabegim, Zebiniso, Zulfiyaxonim kabi axloqda, tafakkurda, iste’dodda tenggi yo‘q o‘zbek ayollarining hayot yo‘li avlodlar uchun katta ibrat maktabi ekanligi, o‘zbek ayollari nafaqat o‘zining latofati, balki, kiyinish odobi, libos tanlash madaniyati bilan ham ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida batafsil gapirib o‘tildi.
 



 

 

Chingiz Aytmatovning hayoti va ijodi

Печать

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chingiz Aytmatovning 90 yillgini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-3645-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 18 may kuni Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn  fakulteti, Kimyoviy texnologiya kafedrasi tomonidan davra suhbati o‘tkazildi. Unda fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini F.Odilov, kafedra professor-o‘qituvchilari M.Abdukarimova, D.Xudoyberdieva, M.Xasanova, G.Ismoilova va kafedra ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul o‘qituvchi M.Komilova hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda adibning hayoti va ijodi, tanlangan asarlari “Asrga tatigulik kun”, “Oq kema”, “Sarviqomat dilbarim”, “Birinchi muallim” asarlarining mazmun-mohiyati haqida  batafsil gapirib o‘tildi.  
 




 
 
 

Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish

Печать

Joriy yilning 17 may kuni “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti  talaba-yoshlari o‘rtasida 2017-2018 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Yusupov va 3-talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi D.Abdullayev boshchiligida institut Talabalar turar joyida  “Mini futbol” hamda “Voleybol” bo‘yicha sport o‘yini tashkil etildi.
 





 
 

Qaror, farmon va farmoyishlarning mazmun-mohiyati talaba-yoshlarga yetkazilmoqda

Печать

Joriy yilning 17 may kuni “Matbaa texnologiyalari”  fakulteti tasarrufidagi barcha kafedralarda O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g’risida”gi 2018 yil 12 apreldagi O‘RQ-474-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PF-5416-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g’risida”gi PQ-3645-sonli qarorining mazmun mohiyati professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarga yetkazildi.
 



 


 
 

Qaror va farmoyishlarni mazmun - mohiyati yetkazilmoqda

Печать

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-3645-son qarori, O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi 2018 yil 12 apreldagi O‘RQ-474-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2018 yil 19 apreldagi 07/1-1334-son topshirig‘ida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyatini professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarga yetkazish maqsadida joriy yilning 17 may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti kafedralarida davra suhbatlari tashkil etildi. Ushbu davra suhbatida kafedra mudirlari R.Rosulov, M.Ergashov, M.Ruzmetov, O.Yo‘ldosheva, fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Yusupov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi. O‘tkazilgan davra suhbatida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
 





 
 
 
 

Sahifa 6 из 181

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries