Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat
Yangiliklari

Vatanni himoya qilish-sharafli, olijanob va mas’uliyatli burch!

Печать

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 dekabrdagi “Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5135-F-son farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 13 yanvar kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Yakkasaroy tuman hokimligi va Toshkent shahridagi 9231-sonli Harbiy qism bilan hamkorlikda “Sulton” tantanalar majmuasida “Vatanni himoya qilish-sharafli, olijanob va mas’uliyatli burch” shiori ostida harbiylar uchun bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda instiut rektori S.Yunusov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor U.Abdullayev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi A.Azimov hamda Harbiy qismning barcha ofitser-serjantlari, shuningdek, Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Tadbir so‘ngida Harbiy qismda xizmat qilayotgan jangavor tayyorgarligi hamda ijtimoiy-ma’naviy faolligi uchun ofitser-serjantlarni institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
 



 

 

Institutda Vatan himoyachilari kuni keng nishonlandi

Печать

Shu kunlarda xalqimiz, jamoatchiligimiz mamlakatimiz hayotidagi eng qadrli, eng qutlug‘ bayramlar qatoridan o‘rin olgan Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi bayrami hamda Vatan himoyachilari kunini yuqori saviyada tashkil etish va talaba-yoshlarda Vatan himoyasi, yurt tinchligi uchun dahldorlik va mas’ullik tuyg‘usini yanada kuchaytirish maqsadida joriy yilning 13 yanvar kuni institutda “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi  Qurolli Kuchlari safida xizmat qilayotgan ofitserlar, serjantlar va harbiy ta’lim sohasida ko‘p yillar samarali mehnat qilib kelayotgan o‘qituvchi-ofitserlar, faxriylar hamda institut professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari, shuningdek, estradamizning hushovoz honandalari, OAV xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida institut talabalari Vatan himochilariga tabrik sifatida o‘z sahna ko‘rinishlarini namoish etishdi. Tadbir so‘ngida bayram munosabati bilan bugungi kunda institutning Harbiy kafedrasida xizmat qilayotgan jangovor tayyorgarligi hamda ijtimoiy-ma’naviy ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan ofitserlarga institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.




 
 

Mardlar qo’riqlaydi vatanni

Печать

2018-yil 12-yanvarda TTYeSI sport zalida O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017 yil  3-noyabrdagi PQ 3031-son qarori ijrosi ta’minlash maqsadida 14-yanvar “VATAN HIMOYACHILARI” kuniga bag’ishlab “Mardlar qo’riqlaydi vatanni” shiyori ostida harbiy kafedrada ta’lim olayotgan talabalar o’rtasida harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi.
 



 
 
 

Talabalar turar joyida “Zakovat” intelektual o‘yini o‘tkazildi

Печать

Joriy yilning 11 yanvar kuni institut talabalar turar joyida talabalarining 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ijtimoiy-huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intelektual o‘yini o‘tkazildi. Unda institut barcha fakultetining iqtidorli talabalari o‘z jamoalari bilan ishtirok etdi.
 



 
 
 

Institutda 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan sport musobaqasi o‘tkazildi

Печать

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 3 noyabrdagi PQ-3031-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 dekabrdagi “Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5135-F-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida  joriy yilning 10 yanvar kuni institutda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarining  professor-o‘qituvchilari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada TTYeSI, TDIU, TDSHI, ToshDUTAU, TDAU va Nizomiy nomidagi TDPU jamoalari ishtirok etdi. Musobaqada ishtirok etgan barcha jamoa a’zolari institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.



 
 

Sahifa 7 из 157

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries