Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat
Yangiliklari

Sport salomatlik garovi

Печать

Institutda 2017-2018 o‘quv yilida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 27 may kuni “Matbaa texnologiyalari” fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Ushbu o‘tkazilgan futbol musobaqasida g‘olib bo‘lgan jamoaga fakultet dekanati tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.
 



 
 

Odam savdosi-millatga qarshi illat

Печать

Joriy yilning 28 may kuni “Matbaa texnologiyalari”  fakulteti  4-talabalar  turar  joyida “Odam savdosi-millatga qarshi illat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini A.A’zamov, fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi B.Qodirov hamda TTJda yashovchi talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda bugungi kunda aksaryat yoshlarimiz xorijda ishlayman deb odam savdosi qurboniga aylanib qolayotgani, bizning o‘zbek millatiga mutlaqo yot bo‘lgan ushbu illatga yurtdoshlarimiz ham qo‘l urishayotgani va bu kabi jinoyatlarga qo‘shilib o‘z hayotiga zomin bo‘layotgan yoshlarning ayanchli qismatlari to‘g‘risida batafsil gapirib o‘tildi.

 
 

Fakultetda “O‘zbekistonda bepul huquqiy yordam ko‘rsatuvchi yuridik klinikalar mavjudligini bilasizmi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Печать

Joriy yilning 26 may kuni institut “Paxta sanoati texnologiyasi” fakultetida “O‘zbekistonda bepul huquqiy yordam ko‘rsatuvchi yuridik klinikalar mavjudligini bilasizmi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu davra suhbatida fakultet dekani B.Turayev, institut yuristkonsulti U.Bozorov, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti S.Shodiyev, fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Yusupov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Davra suhbatida yuridik klinikaning ahamiyati va zaruriyati, hozirgi vaqtga kelib yuzlab odamga yordam ko‘rsatgan yuridik klinikaning moliyalashtirilishi qanday amalga oshirilishi, boshqa klinikalardan ajralib turadigan jihatlari haqida talaba-yoshlarga ma’lumotlar berib o‘tildi. O‘tkazilgan davra suhbatida talaba – yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
 



 

 
 

Yoshlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish

Печать

Joriy yilning 26 may kuni “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti 3-talabalar turar joyida “Yoshlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu davra suhbatida fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Yusupov, Yakkasaroy tumani IIB xodimi katta leytenant S.Yorqulov 3-talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi D.Abdullayev hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosati dasturida belgilangan vazifalar va yoshlarga beriliyotgan keng imkoniyatlar, ularning ma’naviy kamoloti masalalari, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish maqsadida, yoshlarning ma’naviy qiyofasini shakllantirishga, ularda kuchli g‘oya va e’tiqodni tarbiyalash bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi yo‘lga qo‘yilganligi haqida gapirildi.
 



 
 
 

Savob ishni har kim, har kun qilish kerak

Печать

Joriy yilning 25 may kuni “Matbaa texnologiyalari” fakulteti jamoasi Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan 66-sonli maxsus maktab internatiga tashrif buyurishdi. Jamoa tomonidan ushbu maktabda ehson dasturxoni yozilib, murg‘ak qalblarga hush kayfiyat ulashildi. Bundan tashqari fakultet jamoasi tomonidan maktabni ta’mirlash ishlari uchun moddiy ko‘mak berildi.
 




 
 

Sahifa 8 из 189

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries