Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat
Yangiliklari

Talabalar turar joyida “Kitobxonlik” kechasi o‘tkazildi

Печать

2018 yil 14 fevral kuni “Avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa” fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini A.A’zamov tomonidan 4-Talabalar turar joyida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligi munosabati bilan “Kitobxonlik” kechasi o‘tkazildi. Tadbir doirasida  fakultetning yosh ijodkor shoiri, 16-14 guruh talabasi Tillaev Tolmasbek O‘ralovichning ilk she’riy tuplami “Rangin yulduzlar” nomli kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Tadbir so‘ngida fakultetda tahsil olayotgan, barcha fanlardan o‘zlashtirishi a’lo bo‘lgan, o‘zining hulqi va odobi bilan tengdoshlariga na’muna bo‘lib kelayotgan hamda talabalar turar joyida tozalik va ozodaligiga o‘z hissasini qushib, fakultet dekanatiga yaqindan yordam berib kelayotgan bir guruh talabalarning Ota-Onalariga Tashakkurnomalar yo‘llandi.
 



 


 

Farzandning ota-ona oldidagi burch va majburiyati....

Печать

Joriy yilning14 fevral kuni institut majlislar zalida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida “Farzandning ota-ona oldidagi burch va majburiyati”, “Ustoz va shogird  munosobatlari”, “Ustoz otangdek aziz” va “Yoshlar o‘rtasida diniy bilimlarning yetarli emasligi turli illatlarning sababchisidir” mavzularida keng qamrovli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda institut Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektori U.Abdullayev, Yunusobod tuman bosh imom-xatibi Sayyid Rahmatulloh Termiziy va Avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa fakultetining “Tillar” kafedrasi mudiri F.Ikromxonova, barcha fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Suhbat so‘ngida ishtirokchilar mavzularga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan to‘laqonli javoblar oldilar.
 


 

 
 

Institutda “Kitobxonlik” tanlovi o‘tkazildi

Печать

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 martdagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14 fevral kuni  Zahiriddin Muhammad  Bobur tavalludining 535 yilligiga bag‘ishlab institutda “Avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa” fakulteti hamda “To‘qimachilik sanoati texnologiyasi” fakulteti talabalari o‘rtasida “Kitobxonlik” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov natijalariga ko‘ra “Avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa” fakulteti jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, institut rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
 


 
 
 

E'lon

Печать

2018 yil 16 fevral kuni soat 14:00 da 1-222 xonada ilmiy darajalar bеruvchi DSC.27.06.2017.Т.08.01 raqamli ilmiy kеngash asosidagi bir martalik ilmiy kеngash yig`ilishi bo'lib o`tadi.
Kun tartibi:
Shamsiyeva Maxbuba Badriyevnaning 05.06.03-Teri, moyna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi ixtisosligi bо‘yicha "Efir moylari asosida charmlarni yog’lantirish texnologiyasi va olinishi" mavzusidagi texnika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) dissеrtatsiyasining himoyasi.

Ilmiy kеngash ilmiy kotibi
              t.f.d., profеssor        A.Z. Mamatov

 
 

E'lon

Печать

2018 yil 16 fevral kuni soat 10:00 da 1-222 xonada ilmiy darajalar bеruvchi DSC.27.06.2017.Т.08.01 raqamli ilmiy kеngash yig`ilishi bo`lib o`tadi.

Kun tartibi:
Malohat Utkurovna Ilhomovaning 05.06.03-Тeri mo‘yna poyabzal va teri galantereya buyumlari texnologiyasi ixtisosligi bо‘yicha “Statik elektr to‘kidan himoyalovchi maxsus poyabzalni yaratish va tadqiq etish” mavzusidagi texnika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) dissеrtatsiyasining himoyasi.

Ilmiy kеngash ilmiy kotibi
              t.f.d., profеssor     A.Z. Mamatov
 
 

Sahifa 2 из 157

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries