Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat Institutda “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Institutda “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Печать

Joriy yilning 12 dekabr kuni institut talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori S.Yunusov, Toshkent shahar YAkkasaroy tuman prokurori o‘rinbosarlari Sh.Yusupov va S.Abduraxmonov, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Ichki ishlar xodimlari, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i T.Allayarov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha fakultet dekani muovinlari va institut professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-2752-son Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210- 168- va 211-moddalarining tegishli bandlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi va pora olish, berish yoki vositachilik qilish uchun jinoiy javobgarlikning muqarrarligi haqida gapirib o‘tildi. Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tushunarli va ogohlikka da’vat etgan holda javob berdilar.
 


 

    

MA'LUMOTLAR MARKAZI

Call center:
+99871 253 36 66
+99895 145 27 81

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries