Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat “Texnika va texnologiyalarni modernizatsiyalash sharoitida iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalari” mavzusidagi Institut miqiyosidagi ilmiy-amaliy anjumani tо‘g‘risida MA’LUMOT

“Texnika va texnologiyalarni modernizatsiyalash sharoitida iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalari” mavzusidagi Institut miqiyosidagi ilmiy-amaliy anjumani tо‘g‘risida MA’LUMOT

Печать

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 30 dekabr kuni mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyondalari bilan uchrashuvda  “Bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga kо‘tarishni talab qilmoqda. Zotan, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni ilm-fansiz yechish qiyin. Mazkur sohani va olimlarni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash davlatimizning ustuvor vazifalaridandir”. Mamlakatimiz va jamiyatimizning zamon talablari darajasida rivojlanishini ilm-fansiz tasavvur qilish qiyin. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar о‘zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi deb deb ta’kidlagan. Taraqqiyotning bugungi bosqichi yuqori malakali kadrlar tayyorlash bilan birga ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish, intellektual va moddiy resurslarni iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy ta’sir kо‘rsatuvchi yirik ilmiy-amaliy dasturlarni, innovatsion loyihalarni tayyorlash, ularni ishlab chiqarishga yо‘naltirishda ta’lim, fan va amaliyotning bir-biri bilan uzviy aloqadorligini ta’minlash, bunday bog‘lanish va hamkorliklar samarasini hisobga olib ish yuritishni va bunda ushbu jarayonlarga yoshlarni kengroq jalb etishni kun tartibiga qо‘ydi. Ushbu vazifalarni bajarishga yо‘naltirilgan tadbirlardan biri Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida har yili о‘tkazilishi an’anaviy bо‘lgan “Texnika va texnologiyalarni modernizatsiyalash sharoitida iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanidir. Ushbu anjumanga tegishli ilmiy maktablar kesimida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarni olib borayotgan katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, yosh olim va iqtidorli talabalar taklif etilgan. Anjuman institut va soha yosh olimlari tomonidan erishilgan ilm-fan yutuqlari о‘zaro muhokama etish, о‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil qilingan. Respublika ilmiy-amaliy anjumani doirasida quyidagi yо‘nalishlar bо‘yicha yalpi va shо‘ba majlislari о‘tkazilishi rejalashtirilgan:
1. Paxta sanoatida mexanika muammolari va innovatsion yechimlar.
2. Tо‘qimachilik sanoatini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish, texnika va texnologiyalarini modernizatsiyalash.
3. Yengil, kimyo va matbaa sanoati ishlab chiqarishida innovatsion texnologiyalar.
4. Fundamental, ijtimoiy-gumanitar, iqtisodiy fanlarda hamda kasbiy ta’limda innovatsion texnologiyalar.
5. Talaba-yoshlar ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishning muhim jihatlari.
Anjuman yakunlari bо‘yicha eng yaxshi deb topilgan ishlanmalar “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar” Respublika yarmarkasiga tavsiya etiladi ish mualliflari qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlanadilar. Bugungi ilmiy-amaliy anjumanida nafaqat institut, balki Respublikamizdagi katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, yosh olimlar va iqtidorli talabalarning 230 dan ortiq ilmiy maqolalari jamlangan. Jumladan, Urganch Davlat universiteti, Guliston Davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent informatsion texnologiyalar universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Namangan muxandis texnologiya instituti va О‘zbekiston Milliy universiteti kabi oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari, yosh olimlarining ilmiy hamda bir qator kasb-hunar kollejlari yosh о‘qituvchilarining ilmiy uslubiy izlanishlari borasidagi materiallar taqdim etilgan.
 


 

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries