Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat Institutning Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi tomonidan profilaktik tadbir o‘tkazildi

Institutning Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi tomonidan profilaktik tadbir o‘tkazildi

Печать

Joriy yilning 20 dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Paxta sanoati texnologiyasi” fakultetining “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent shahar Yakkasaroy tuman IIB katta tezkor vakili X.Karimov, Toshkent shahar Olmazor tuman IIB katta tezkor vakili “Terrorizm va ekstremizm”ga qarshi kurash bo‘limi hodimi A.Shukurov, institut yurist maslaxatchisi U.Bozorov, fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.Yusupov va kafedra mudiri M.Ruzmetov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosati dasturida belgilangan vazifalar va yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar, ularning ma’naviy kamoloti masalalari, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish maqsadida, yoshlarning ma’naviy qiyofasini shakllantirishga, ularda kuchli g‘oya va e’tiqodni tarbiyalash bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi yo‘lga qo‘yilganligi to‘g’risida gapirib o‘tdilar. Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar mavzuga doir fikr-mulohazalarini bildirdi va o‘zlarining qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar oldilar.
 



 

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries