Institutda Vatan himoyachilari kuni keng nishonlandi

Печать

Shu kunlarda xalqimiz, jamoatchiligimiz mamlakatimiz hayotidagi eng qadrli, eng qutlug‘ bayramlar qatoridan o‘rin olgan Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi bayrami hamda Vatan himoyachilari kunini yuqori saviyada tashkil etish va talaba-yoshlarda Vatan himoyasi, yurt tinchligi uchun dahldorlik va mas’ullik tuyg‘usini yanada kuchaytirish maqsadida joriy yilning 13 yanvar kuni institutda “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi  Qurolli Kuchlari safida xizmat qilayotgan ofitserlar, serjantlar va harbiy ta’lim sohasida ko‘p yillar samarali mehnat qilib kelayotgan o‘qituvchi-ofitserlar, faxriylar hamda institut professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari, shuningdek, estradamizning hushovoz honandalari, OAV xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida institut talabalari Vatan himochilariga tabrik sifatida o‘z sahna ko‘rinishlarini namoish etishdi. Tadbir so‘ngida bayram munosabati bilan bugungi kunda institutning Harbiy kafedrasida xizmat qilayotgan jangovor tayyorgarligi hamda ijtimoiy-ma’naviy ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan ofitserlarga institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.