Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat Vatanni himoya qilish-sharafli, olijanob va mas’uliyatli burch!

Vatanni himoya qilish-sharafli, olijanob va mas’uliyatli burch!

Печать

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 dekabrdagi “Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5135-F-son farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 13 yanvar kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Yakkasaroy tuman hokimligi va Toshkent shahridagi 9231-sonli Harbiy qism bilan hamkorlikda “Sulton” tantanalar majmuasida “Vatanni himoya qilish-sharafli, olijanob va mas’uliyatli burch” shiori ostida harbiylar uchun bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda instiut rektori S.Yunusov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor U.Abdullayev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi A.Azimov hamda Harbiy qismning barcha ofitser-serjantlari, shuningdek, Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Tadbir so‘ngida Harbiy qismda xizmat qilayotgan jangavor tayyorgarligi hamda ijtimoiy-ma’naviy faolligi uchun ofitser-serjantlarni institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
 



 

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries