Vatan o‘z fidoiy o‘g‘lonlarini unutmaydi

Печать

14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi bayrami munosabati bilan joriy yilning 13 yanvar kuni institut rektori S.Yunusov, Ma’naviy – ma’rifiy  ishlar bo‘yicha prorektor U.Abdullayev va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi A.Azimov hamda mas’ul xodimlar tomonidan Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Lisunova-4, 6-xonadonda istiqomat qiluvchi, Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajarish vaqtida, shuningdek, Vatanimizning bugungi musaffo va yorug‘ kunlariga yetib kelishida o‘zining mislsiz jangovor mehnat jasoratini namoyon etgan va xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi kapitan Tog‘ayev Jahongir Ro‘ziyevich hamda Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, 3-mikrorayon, “Kabutar” mahallasi 5-uy, 37-xonadonda yashovchi serjant Abdullayev Paxlavon Saydullayevichlarning xonadonlariga tashrif uyushtirildi. Marhum ofitserlarni oila a’zolarini bayram bilan tabriklab, ularning tengsiz jasorati hozirgi yoshlarimiz uchun namuna ekanligi, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik Vatanimizning bu kabi mard o‘g‘lonlarining buyuk xizmatlari ekanligini faxr bilan yodga oldilar. Tashrif davomida xonadon egalariga institut jamoasining esdalik sovg‘alari topshirildi.