Tinchliginga jonim fido-muqaddas Vatan!

Печать

Joriy yilning 16-yanvar kuni institutning 2-bino 311 majlislar zalida To’qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti, “To’qimachilik materialshunoslik” va “To’qimachilik matolar texnologiyasi” kafedrasi bilan birgalikda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan davra suhbati o‘tqazildi. Unda To’qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti dekani K.Avazov, Oliy harbiy bojxona instituti “Harbiy jismoniy tayyorgarlik va avtomobil ishi” kafedra boshlig’i, polkovnik Q.Temirov, Yakkasaroy tumani mudofaa ishlari bo’lim boshlig’i o’rinbosari mayor B.Raxmatullayevich va kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Ushbu davra suhbatida tashrif buyurgan mehmonlar talabalarga vatanga bo’lgan  muhabbat to‘g’risida ta’sirli fikrlar bilan ko‘plab ma’lumotlarni yetkazishdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan to‘liq javoblar oldilar.