Ota-onalar bilan uchrashuv

Печать

Joriy yilning 20 yanvar kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Avtomatlashtirsh, boshqaruv va matbaa” fakultetida ota-onalar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor U.Abdullaev, fakultet dekani X.Temirov, dekan o‘rinbosarlari A.A’zamov, M.Mansurov, fakultet murabbiylar kengashi raisi F.Azimova, fakultet Xotin-qizlar qo‘ mitasi raisi M.Umarova, guruh murabbiylari hamda fakultetda tahsil olayotgan barcha bosqich talabalarning ota-onalari ishtirok etdi.