Mustaqil Vatan asoschisi!

Печать

Joriy yilning 23 yanvar kuni To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti  “Kimyo” kafedrasi tomonidan Brinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimovning tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab “Mustaqil Vatan asoschisi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda  kafedra mudiri A.S.Rafikov, “UNITEX” kompaniyasi mas’ul xodimlari L.Saidov, K.Islomov, kompaniya texnologlari S.Raxmatullayev, D.Abduvoxidov, M.Nishonovlar va kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Ishtirokchilar Mustaqil O‘zbekiston Davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xalqimiz xotirasida mangu barhayot ekanligi, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Brinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni keng jamoatchilik asosida g‘oyat mamnuniyat bilan kutib olganliklarini alohida takidlashdi.