Institutda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning 80 yilligi keng nishonlandi

Печать

Joriy yilning 25 yanvar kuni institut madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori S.Yunusov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor U.Abdullayev, O‘zbek milliy teatri aktyori, O‘zbekiston Xalq artisti Yodgor Sa’diyev, va O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi M.Usmonova hamda Yakkasaroy tumani Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Baxodir Yunusov, shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligiga qo‘shgan ulkan hissasi, u kishining sermazmun hayoti va faoliyatining yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rni va ahamiyati, buyuk davlat va siyosat arbobi tavallud topgan kun – 30 yanvar sanasini munosib nishonlash barchamizning vazifamiz ekanligi to‘g‘risida gapirib o‘tishdi. Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasiga bag‘ishlab tayyorlangan “E’zoz” nomli hujjatli film namoyish etildi.