1-KURS TALABALARI YAKUNIY NAZORATDA

Печать

Institutda 2017-2018 o‘quv yilining kuzgi semestri yakunlanib, 1-3 kurs talabalari uchun tasdiqlangan o‘quv jadvalida  yakuniy nazorat  topshirishlar o‘quv jadvalida belgilangan. Institut rahbariyatining tashabbusi bilan talabalarning bilimini odilona baholash va shaffoflikni ta’minlash maqsadida 991 nafar 1-kurs talabalari uchun  2018 yil 22 yanvardan  3 fevralga qadar  4 ta “Oliy matematika”, “Fizika”, “Xorijiy tillar”, “Kimyo”  fanlaridan Axborot texnologiyalari markazida joylashgan 100 ta zamonaviy kompyuterlarda Yakuniy nazoratlar o‘tkazilmoqda. Test natijalari kafedra o‘qituvchilari, fakultet dekanlari va institut rahbariyati bilan ko‘rib chiqiladi, Tahliliy ma’lumotlar tayyorlanadi va Kengash yig‘ilishida muhokama etiladi.