TTYeSIda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 80 yilligiga bag‘ishlab “Xotira turniri” o‘tkazildi

Печать

Joriy yilning 28 yanvar kuni institutda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab “Mening Birinchi Prezidentim” shiori ostida Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarining  professor-o‘qituvchilari o‘rtasida sportning shaxmat, stol tennis va mini-futbol bo‘yicha “Xotira turniri” o‘tkazildi. Mazkur turnirda TTYMI, TIQXMMI, ToshDSHI, TMI, ToshDO‘TAU, O‘zDJTI, TDAU, TTYeSI, TTU jamoalari ishtirok etdi. Turning natijalariga ko‘ra sportning shaxmat turi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida kechgan baxsda S.Raximxodjayev 1-o‘rin (TTYeSI), A.Bozorov 2-o‘rin (TTU), A.Denmuxammadiyev (TIQXMMI) va T.Tursunovlar (TTYMI) 3-o‘rinni, ayollar o‘rtasida Sh.Ziyayeva 1-o‘rin (TIQXMMI), M.Xabibullayeva 2-o‘rin (ToshDSHI), I.Garibyan 3-o‘rinni (TTYeSI) qo‘lga kiritdi. Turning natijalariga ko‘ra sportning stol tennis turi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida kechgan baxsda M.Shamsiyev 1-o‘rin (TTYMI), D.Eshov 2-o‘rin (ToshDSHI), O.Abdullayev (TMI) va A.Eliseyevlar 3-o‘rinni (TTYeSI), ayollar o‘rtasida X.Xatamqulova 1-o‘rin (TIQXMMI), M.Ilxomova 2-o‘rin (TTYeSI), M.Xabibullayeva 3-o‘rinni (ToshDSHI) qo‘lga kiritdi. Turning natijalariga ko‘ra sportning mini-futbol turi bo‘yicha 1-o‘rin (TTYMI), 2-o‘rin (ToshDSHI), 3-o‘rin (TTYeSI) va (TIQXMMI) jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Turnir g‘oliblari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.