Islom Karimov-Mustaqil O‘zbekiston asoschisi

Печать

Joriy yilning 30 yanvar kuni institut madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Islom Karimov-Mustaqil O‘zbekiston asoschisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda institut Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor U.Abdullayev, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Muhammad Ismoil, O‘zbekiston davlat mukofoti soxibi, davlatimizning yetuk olimi, akademik I.G‘ofurov,  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi A.Otajonov va Yakkasaroy tumani Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari B.Yunusov hamda institut professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari, shuningdek, institut qoshidagi Akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligiga qo‘shgan ulkan hissasi, u kishining sermazmun hayoti va faoliyatining yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida batafsil gapirib o‘tdi. Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasiga bag‘ishlab tayyorlangan “E’zoz” nomli hujjatli film namoyish etildi.