Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti va Koreya sanoat texnologiya instituti vakillarining navbatdagi uchrashuvi

Печать

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 2759-son Qarori ijrosini ta’minlash borasida joriy yilning 1-2 fevral kunlari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti raxbariyati Koreya sanoat texnologiya instituti (KITECH)dan tashrif  buyurgan vakillar, doktor Park (Dr. Park Jongsik), miss. Li (miss. Lee Haeinn) hamda mister Yuu (mr. You Chitack)  larni qabul qildilar. Olib borilgan muzokaralarda asosiy e’tibor Koreyadan Texnopark uchun jo‘natilgan jixozlarning birinchi qismini qabul qilishga qaratildi. Bundan tashqari, uchrashuvda barpo etilayotgan Texnoparkning laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, mebel va boshqa zarur bo‘lgan jixozlarning ikkinchi navbati va ro‘yxatini shakllantirish  bo‘yicha fikr almashinildi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda institut rektori t.f.d., prof. S.Z.Yunusov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor  t.f.d., prof. X.H.Kamilova, t.f.d., prof. S.Sh.Tashpulatovlar ishtirok etishdi.