Yodi hamisha yodda!

Печать

2018 yil 1 fevral kuni Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa” fakulteti 4-Talabalar turar joyida О‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yillig munosabati bilan “Xotira kechasi” о‘tkazildi. Fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha dekan о‘rinbosari A.A’zamov nutq sо‘zladi, tadbirda TJICHAB kafedrasi katta о‘qituvchisi U.Xо‘janazarov,  4-Talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi A.Ismoilov hamda talabalar turar joyida yashovchi talabalar ishtirok etishdi. Tadbir sо‘ngida О‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasiga bag‘ishlangan “E’zoz” nomli film talabalar e’tiboriga havola etildi.