Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat 2018 yilning 6 fevral kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyati va Bangladesh xalq respublikasi elchisi Mas’ud Mannan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2018 yilning 6 fevral kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyati va Bangladesh xalq respublikasi elchisi Mas’ud Mannan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Печать

Joriy yilning 6 fevral kuni institutga rasmiy tashrif bilan Bangladesh Xalq respublikasining elchisi Mas’ud Mannan janob oliylari va konsul Nripendra Chandra tashrif buyurdi. Oliy darajali mehmonlarni institut rektori S.Yunusov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X.Komilova, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor A.G’ulomov hamda xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig’i N.Nabiyevlar kutib oldilar. Bangladesh to‘qimachilik sanoati yuqori taraqqiy etgan davlatlar sarasiga kiradi. 2 davlat Oliy ta’lim muassasalari o’rtasida talabalar almashinuvi, qo’shma loyihalar, hamkorlikdagi ilmiy ishlarni yo’lga qo‘yish kun talabi ekanligi aytib o’tildi. Uchrashuv davomida mehmonlarni institutning tarixi va hozirgi kundagi olib borilayotgan ilmiy va o’quv ishlari bilan tanishtirildi. Mehmonlar institutning o‘quv va ilmiy laboratoriyalari bilan tanishdi. Uchrashuv so‘ngida elchi janoblari institut bilan Bangladesh Xalq respublikasi institutlari o‘rtasida mustahkam hamkorlik o‘rnatishga amaliy ko‘mak berishini ta’kidladi.
 



 

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries