Institutda yoshlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi

Печать

Joriy yilning 8 fevral kuni institutda talaba-yoshlarning huquqiy madaniyati hamda bilimlarini oshirish maqsadida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor U.Abdullayev tomonidan institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollari o‘rtasida “Yoshlar orasida huquqbuzarliklar  profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbirda institut Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori U.Abdullayev talaba-yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy huquqlaridan habardorlik darajasini oshirishda davlat boshqaruvi   organlari,   huquqni   muhofaza   qiluvchi   idoralar   shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, o‘zaro munosabatlar “Odob-ahloq qoida”larini  o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni so‘zsiz bajarilishini kafolatlash va jamiyat oldidagi mas’uliyatini shakllantirishni qamrab olgan yangi dasturlar asosida amaliy ishlar olib borilayotganligi haqida ma’lumot berdi. Ayniqsa, talaba-yoshlar nazoratsizligi, qarovsizligiga, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishiga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga  qaratilgan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish lozimligi, bunda, asosiy e’tiborni tarbiyaviy-profilaktika tadbirlar o‘tkazish, ularni o‘qishga to‘liq jalb etish, bandligini ta’minlash, huquqbuzarliklar sodir etishlarini oldini olish, bunday hollarni aniqlash bo‘yicha murabbiylar oldida turgan vazifalar, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kerakligi haqida gapirib o‘tdi.