Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburga ehtirom

Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburga ehtirom

Печать

Joriy yilning 16 fevral kuni institut “Paxta sanoati texnologiyasi” fakultetining “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan “Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburga ehtirom” mavzusida 3-talabalar turar joyida kafedra kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Unda “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi mudiri M.Ruzmetov, O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori F.Ma’sudov, Aktyorlar uyi direktori M.Alimova, fakultet dekan muovinlari I.Yusupov va T.Bobomurotov, 3-talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi D.Abdullayev, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori F.Ma’sudov tabarruk zaminimizda o‘zining fidoiyligi, shaxsiy hayot tajribasi, boy ma’naviy merosi bilan beqiyos ibrat ko‘rsatgan yetuk allomalar yashab o‘tganligi, asrlar oshsada, ularning durdona asarlarini dolzarbligi, bugungi kunda taraqqiyotning muhim va ajralmas bo‘g‘iniga aylanganligi, xalqaro miqyosida ham e’tirof etilayotganligini ta’kidlab, ana shunday mutafakkirlarimiz safida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tutgan o‘rni beqiyosdir deya yuksak e’tirof etdi. Davra suhbati davomida talaba-yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
 



 

MA'LUMOTLAR MARKAZI

Call center:
+99871 253 36 66
+99895 145 27 81

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries