Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat “Narkomaniyaga qarshi kurashish” bo‘yicha profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

“Narkomaniyaga qarshi kurashish” bo‘yicha profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Печать

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018 yil 16 yanvardagi “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqatilishiga qarshi kurash tezkor profilaktik tadbirini tashkillashtirish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 16/3-225-sonli ko‘rsatmasiga asosan, manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning 21 fevral kuni yoshlar orasida “Narkomaniyaga qarshi kurashish” ishlari samaradorligini oshirish maqsadida institutda profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i T.Allayarov, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo‘limi katta tezkor vakili mayor X.Yusupov va kapitan T.Mirzaraximov hamda barcha fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar, shuningdek, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilari talabalarning huquqiy bilimlarini kuchaytirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishi, giyohvand moddalari iste’mol qilinishini oldini olish masalalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Tadbir so‘ngida talabalar mavzuga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan o‘zlariga kerakli javoblarni olishdi.
 



 

Ma`lumotlar markazi

Call center +99871 253 36 66 

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries