Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat Institut malikasi-2018

Institut malikasi-2018

Печать

Institut talaba-qizlarining o‘z aql-zakovati, iste’dodini to‘la namoyon etish, yoshlarni  birlashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rivojlantirish, hamda qizlarni oilaga tayyorlash, jamiyatda munosib o‘rin egallashlari uchun ko‘maklashish maqsadida joriy yilning 5 mart kuni institut madaniyat saroyida “8 mart Xotin qizlar kuni” munosabati bilan talaba-qizlar o‘rtasida “Institut malikasi-2018” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlov qiziqarli va o‘ziga xos baxs munozaralarga boy tarzda hamda she’riy va musiqali chiqishlar ko‘rinishida o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlov g‘oliblari to‘rtta nominatsiya bo‘yicha bellashishdi. Unda ABM fakulteti talabasi Sh.Ro‘ziyeva “Eng iqtidorli qiz”, PST fakulteti talabasi C.Kozokova “Eng chaqqon qiz”, TST fakulteti talabasi Sh.Ergasheva “Eng pazanda qiz”, YSTD fakulteti talabasi S.A’zamhodjayeva “Eng namunali qiz”, nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. G‘oliblar tashkiliy qo‘mita, jamoat tashkilotlari va institut rahbariyati tomonidan  esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.




                         
         
 

Ma`lumotlar markazi

Call center +99871 253 36 66 

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries