Talaba sport haftaligi

Печать

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi PF-5368-son farmoni, 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi PQ-3031-son qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 6 iyundagi 376-son buyrugʻida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 1 maydan boshlab “Talaba sport haftaligi” doirasida o‘tkazilayotgan sport musobaqalarida 24 may kuni Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazilayotgan armrestling sport musobaqasida 19r-17 guruh talabasi A.Yo‘ldashev chap qo‘l bo‘yicha 2-o‘rinni, o‘ng qo‘l bo‘yicha esa 3-o‘rinni egalladi. Umum jamoa bo‘yicha “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasi katta o‘qituvchisi H.Abdurazzakov boshchiligidagi institutimiz jamoasi Toshkent shahar boʻyicha 21ta Oliy ta’lim muassasalari ichida faxirli 3-o‘rinni egalladi.