Ijtimoiy muhofaza

Печать

TOSHKENT TO`QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI TALABALARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR KO`LAMI
      
Institutda talabalarni ijtimoiy himoyasini kengaytirish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:
Institutda professor-o`qituvchi, xodimlarini va talabalarini sog`lomlashtirish respublikamiz hududlarida joylashgan sanatoriya va dam olish uylarida hamda Mitrofanov suv sport saroyida, institut qoshidagi tibbiyot qismida, sanatoriya – profilaktoriyada, hamda institut tasarrufida 2006 yilda tashkil etilgan poliklinika – profilaktoriyada yuqori malakali shfokorlar tomonidan zuluk qo`yish, ignaterapiya, parafin, elektrofarez, magnit-terapiya, UVCH, ingolyatsiya, elektroson, svet-vanna hamda infrarush kabi usullar bilan davolanadilar. Bundan tashqari Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanidagi Xumson qishlog`ining so`lim tog` bag`ridagi «Rohat» sport-sog`lomlashtirish lageri ham talabalarimiz ixtiyorida.
 Talabalar shaharchasida 1500 o`ringa mo`ljallangan 4 ta talabalar turar joyi mavjud. Viloyatlardan kelgan barcha talabalarga   yorug`, shinam xonalardan joy beriladi. Barcha talabalar turar joylarida  Ma`naviyat va ma`rifat markazi, o`quv, dam olish, sport xonalari faoliyat ko`rsatmoqda. O`qishda, ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarda faol bo`lgan eng iqtidorli talabalar uchun tarixiy meroslarga boy navqiron va qadimiy shaharlarimiz – Samarqand va Buxoroga sayohatlar tashkil etilmoqda.
 
Institut talabalari uchun xizmatda:
  • iqtidorli talabalar akademiyasi;
  • talabalar modalar teatri;
  • talabalar konstruktorlik byurosi;
  • talabalar ilmiy-texnika tarjima byurosi;
  •  institut madaniyat saroyi;
  • 3 ta zamonaviy sport zallari;
  • ma`naviyat va ma`rifat bo`limi
  • 1500 o`rinli 4 ta talabalar turar joylari;
  • 400 o`rinli 4 ta oshxona;
  • 3 ta bufet;
 
Ijtimoiy himoya
  • Vasiylik kengashi.
  • Xodimlar Kasaba uyushmasi qo`mitasi.
  • «Sog`lom avlod uchun» boshlang`ich tashkiloti.
  • Xotin-qizlar  qo`mitasi
  • «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati boshlang`ich tashkiloti
  • «Ekosan va salomatlik» tashkiloti.