Bosh sahifa Talabalarga Talabalar turar joyi

Talabalar turar joyi

Печать

Institut Talabalar turar joyida 925 o‘ringa mo‘ljallangan 3ta Talabalar turar joyi mavjud. Unda 693 nafar talaba-yoshlar istiqomat qiladi.Talabalarning yashashi, o‘z ustida mustaqil ishlashi va dam olishlari, shuningdеk, bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Mavjud 3ta TTJining har birida o‘quv zali, ma’naviyat va dam olish (ota-onalar), gigiеna xonalari mavjud. Oshxona, hojatxonalar, kir yuvish xonalari, yuvinish xonalari, dush xonalari talab darajasida tashkil etilgan. TTJda talabalar uchun institutning ARM filiali hamda kompyutеr markazi filiali faoliyat ko‘rsatmoqda.
Talabalar shaharchasida 2 ta yozgi sport maydonchasi, 1 ta yopiq sport zali va oshxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Umumxalq va milliy bayramlarda turli ko‘rik-tanlovlar, sport o‘yinlari o‘tkazilib, palov, sumalak va boshqa milliy taomlar tayyorlanadi. TTJlarida muntazam ravishda turli mavzularda soha mutaxassislari, institut rahbariyati, jamoat tashkiloti rahbarlari, murabbiylar ishtirokida davra suhbatlari, uchrashuvlar, muloqot va munozara kеchalari, shuningdеk, yozuvchi va shoir, san’at arbobi vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.