ZAMONAVIY MODA YO‘NALISHI

ZAMONAVIY MODA YO‘NALISHI

“Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti”ning 18-16guruh talabalari bitiruv oldi pedagogik amaliyotini Olmazor tumani “Olmazor yengil sanoat kasb-hunar kolleji”da o‘tamoqda. Talabalar amaliyotda faol ishtirok etib, o‘zlariga berilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarib kelishmoqda. Guruh talabalaridan Abdullayeva Nargiza, Xalikulova Iroda, Yuldosheva Feruza hamda Nigmatullayeva Dilnozaning ishlari tahsinga sazovor. Abdullayeva Nargiza va Yuldosheva Feruzalar 17 yanvar kuni 17-17 o‘quvchilariga “ZAMONAVIY MODA YO‘NALISHI” mavzusida ochiq dars o‘tkazishdi. Ochiq darsda kollej rahbariyati, fan o‘qituvchilari va amaliyot rahbari D.Xodjakulova ishtirok etdi. Dars juda qiziqarli bo‘lib o‘tdi. Talabalarimiz dars davomida interfaol usullardan to‘g‘ri foydalanib, o‘quvchilarni faollashtira oldilar.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH