KITOB O‘QIGAN VA UNGA OSHNO BO‘LGAN INSONDAN YOMONLIK CHIQMAYDI

KITOB O‘QIGAN VA UNGA OSHNO BO‘LGAN INSONDAN YOMONLIK CHIQMAYDI

   Kitob o‘qigan, kitobga mehr qo‘ygan, uni targ‘ibot qilgan insonlar jamiyatning eng obro‘li, ziyoli odamlari hisoblanadi. Chunki kitob o‘qigan, unga oshno bo‘lgan insondan yomonlik chiqmaydi. Aksincha, unda xalq farovonligi, mamlakat taraqqiyo­ti bilan bog‘liq yangi g‘oyalar shakllanadi.                       
   Xususan, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida 13 dekabr kuni “Men shu azizVatan farzandiman” shiori ostida navbatdagi tadbir o‘tkazildi. Institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X.H.Kamilova boshchiligidagi “Ijtimoiy fanlar” o‘qituvchisi Sh.R.Alieva  Toshkent viloyati Zangiota tumani 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari bilan Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonaga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida kutubxona tarixi va u yerdagi kitoblar haqida ma’lumot berib o‘tildi. Tadbir jarayonida maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari kutubxonaga a’zo bo‘lishdi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH