INSTITUT TALABALARIGA G‘OLIBLIK MUBORAK!

INSTITUT TALABALARIGA G‘OLIBLIK MUBORAK!

   Joriy yilning 13 dekabr kuni  Toshkent moliya institutida “8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida kurash sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Ushbu musobaqada Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari ham qatnashdi. Jumladan, 90 kg vaznda “Yengil sanoat texnologiyasi va dizayni” fakultetining 9-21-16 guruh talabasi Choriev Dostonbek, 66 kg vaznda “Paxta sanoati texnologiyasi” 3v-17 guruh talabasi Eshbaltaev Oybek, 73 kg vaznda “To‘qimachilik sanoati texnologiyasi” 5-17 guruh talabasi Ismoilov Mirzabek va “Paxta sanoati texnologiyasi” fakultetining 3a-17 guruh talabasi Normurodov Akbar o‘z raqiblari bilan bellashdi. Bu kurashda TTYeSI talabalarining qo‘li baland keldi. Xususan, 90 kg vazn bo‘yicha institut talabasi Choriev Dostonbek 1-o‘rinni, 73 kg vaznda Ismoilov Mirzabek 2-o‘rinni va 66 kg vaznda Eshbaltaev Oybek 2-pog‘onani hamda Normurodov Akbar 3-o‘rinni band etishdi. G‘oliblar estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH