PREZIDENT DAVLAT STIPENDIYALARI SOHIBLARI ANIQLANDI

PREZIDENT DAVLAT STIPENDIYALARI SOHIBLARI ANIQLANDI

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi 226-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at Kengashining qarori bilan 2019 yil uchun tayanch doktorantlar o‘rtasida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari sohiblari aniqlandi.                      
   Qishloq va suv xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha                                
Reymov Mamanbek Polatovich – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tayanch doktoranti. Qishloq va suv xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha  Prezident stipendiyasi sovrindori. Hozirda “Geoaxborot texnologiyalari bazasida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini yaratish uchun Orolbo‘yi ekotizimini tadqiq qilish” mavzusidagi ilmiy ish ustida izlanishlar olib bormoqda. Erasmus Mundus “Casia” loyihasi granti sohibi, Gollandiyaning Vegeningen universiteti “Atrof-muhit muhofazasi” mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro magistr.Tempus GE-UZ “Geoinformatika: O‘zbekistonda barqaror rivojlanishga erishishni ta’minlash” loyihasining 2014-2015 yillardagi menejeri, Erazmus Mundus “TIMUR” loyihasi grantining 2017 yilgi g‘olibi. 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta metodik ko‘rsatma hamda 14 ta ilmiy maqola va tezislar muallifi.  
                                                                                           
   Energetika, resurslar, sanoat yo‘nalishi bo‘yicha                        
Boboev Akmaljon Xatamovich – Toshkent kimyo-texnologiya instituti tayanch doktoranti. Energetika, resurslar, sanoat yo‘nalishi bo‘yicha Prezident stipendiyasi sovrindori. Hozirda “Kraxmal inulin saqlovchi xom-ashyolarni kompleks qayta ishlab etanol biosintezini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy ish ustida izlanishlar olib bormoqda. 2016-2017 yillarda ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha Erasmus+ dasturining IQAT va UzDOC2loyihalari ishtirokchisi, “O‘zsharob” AJ Ilmiy-texnik kengashi va markaziy degustatsiya komissiyasi a’zosi. 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta darslik muallifi, 20 ta ilmiy maqolalari respublika va xorijning yetakchi ilmiy jurnallarida chop etilgan.
                                                                        
   Tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari va boshqaruv yo‘nalishi yo‘nalishi bo‘yicha 
Karimov Jasurbek Alisherovich - V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tayanch doktoranti. Tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari va boshqaruv yo‘nalishi yo‘nalishi bo‘yicha Prezident stipendiyasi sovrindori. Ilmiy ish mavzusi “Dizyunkt to‘la banax modullarining tasnifi”. Estoniyaning Tallin texnika universiteti tashkil etilgan “Innovation Theory and Management” nomli yozgi maktab, Koreyaning Seul shahrida tashkil etilgan XXVII Xalqaro matematiklar kongressi, Belorussiyaning Mogilev shahridagi Belorussiya-Rossiya universitetining VIII Ochiq olimpiadasi, ishtirokchisi, Urganch shahrida tashkil etilgan Al-Xorazmiy nomidagi matematika bo‘yicha I Xalqaro olimpiadaning tashkiliy qo‘mitasi ishida faol ishtirok etgan. 2018-2019 o‘quv yili Qori-Niyoziy nomidagi stipendiya sovrindori. Uning 20 ta ilmiy maqola va tezislarlari respublika va xorijning yetakchi ilmiy jurnallarida chop etilgan.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH