ODAM SAVDOSI DAVR MUAMMOSI

ODAM SAVDOSI DAVR MUAMMOSI

   20 fevral kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 2 binosi 312 auditoriyasida yoshlar orasida muammo bo‘lib turgan “Odam savdosi davr muammosi” mavzuida tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirga 4 Ichki ishlar boshqarmasi tergov boshlig‘i J.Panjiev, Ichki ishlar boshqarmasi Akademiyasi rahbar kadrlar tayyorlash fakulteti podpolkovnik I.Jumaev, institutning “Fizika elektro-texnika” kafedra mudiri A.Ulug‘nazarov va dekan o‘rinbosarlari O.Abdullaev, A.A’zamov, I.Yusupov, F.Odilov hamda talabalar ishtirok etdi. Tadbir jarayonida tergov boshlig‘i J.Panjiev so‘zga chiqib, giyohvandlik, diniy ekstremizm va uning zararli oqibatlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, podpolkovnik I.Jumaev odam savdosi bugungi kunning dolzarb muammolaridan ekanligini qayd etib o‘tdi hamda noto‘g‘ri yo‘ldan yoshlarni asrab-avaylash haqida fikr bildirdi.                     
   Ma’lumotlarga qaraganda, bugungi kunga kelib asrimizning jiddiy muammosiga aylangan odam savdosiga qarshi kurash xalqaro, mintaqaviy, ko‘p va ikki tomonlama munosabatlarni talab etmoqda. Hozirga qadar jinoyatchilikning ushbu turiga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir qator xalqaro tavsiyaviy va majburiy xarakterga ega hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, ular doirasida ushbu xavfga qarshi dunyo miqyosida tegishli chora-tadbirlar ko‘rilayotgani ham aytib o‘tildi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH