XUSH KELDING BAHOR, XUSH KO‘RDIK “NAVRO‘Z”

XUSH KELDING BAHOR, XUSH KO‘RDIK “NAVRO‘Z”

   Milliy qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirgan, Navro‘zi olam yurtimizning har bir go‘shalarida o‘ziga xos tarzda tantanali nishonlanmoqda. Ana shunday tantanovor ruhda tashkil etilgan bayramlardan biri, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ham yuqori kayfiyatda o‘tkazildi. 
                    
   Bahoriy ko‘klam shukuhini ulashib turgan, turli xil  milliy, nozu-ne’matlar, talabalarimiz tomonidan ijro etilgan ajoyib kuy-qo‘shiqlar bayramni yanada qizg‘in o‘tishini ta’minladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.     
                                 
   Dastlab, institut hovlisida “Navro‘z” sayli tashkillashtirildi. Unda institutimizning barcha fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talabalari bayramona bezatilgan dasturxonlariga taklif etishdi. Talabalar o‘zlari tayyorlagan taomlaridan tortib, kiygan liboslariyu mehmonlarga ko‘rsatayotgan muloyim iltifotlari bilan ko‘ngillarni xushnud etishdi. Ularning barcha taomlari Navro‘z shukuhini berib, o‘z maromida tayyorlanganligi barchani xursand etdi.                     
   Shundan so‘ng, institutning “Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn” fakulteti tomonidan “Madaniyat saroyida” bayram tadbiri o‘tkazildi. Yuqori kayfiyatda o‘tgan tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor U.Abdullaev institut rahbariyati nomidan barchani “Navro‘z” bayrami bilan tabrikladi.                           
   Tadbirda “Navro‘z” bayramiga bag‘ishlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishi shuningdek, turli xil lapar va raqslar institut talabalari tomonidan namoyish etildi. Tadbir so‘ngida “Vatan” qo‘shig‘i yangradi.                          
   Shunday go‘zal tengi yo‘q beqiyos hur o‘lkamizning har bir kuni to‘yu tomosha, bayramlarga ulanib ketaversin. Jannatmakon diyorimizga faqat mana shunday yaxshi kunlar yarashadi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH