“KIMYOVIY TEXNOLOGIYA – BU BIZNING SOHA”

“KIMYOVIY TEXNOLOGIYA – BU BIZNING SOHA”

Joriy yilning 17 may kuni TTYSI qoshidagi akademik litseyda “Kimyoviy texnologiya – bu bizning soha” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminar-trening O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida” 2017 yil 14 martdagi PQ-2829-son qarori  ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi assistentlari Z.Islamova, D.Alimova, M.Axmedova va “Yosh kimyogar” to‘garagi rahbari M.Kulaxmetova, shuningdek “Iqtidorli yoshlar akademiyasi” bo’limi boshlig’i S.Elmonov va TTYSI qoshidagi akademik litsey  o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.
Seminar-treningda “Yosh kimyogar” to‘garagi iqtidorli talabalari tomonidan qog‘oz ishlab chiqarish sanoati va to‘qimachilik mahsulotlarini kimyoviy pardozlash texnologiyasi to‘g‘risidagi  taqdimot va master-klasslar ko‘rsatib o’tildi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH