“O’ZBEKISTON TARIXI” FANIDAN SAYYOR DARS

“O’ZBEKISTON TARIXI” FANIDAN SAYYOR DARS

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim muassasalarida dars mashg’ulotlarini mavzular bo’yicha tegishli joylarda sayyor o’tkazilishini ta’minlash to’g’risida” 2019 yil 13 apreldagi    № 340 – son buyrug’ining 3-bandini Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutidagi ijrosini ta’minlash yuzasidan “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi Raximova Tozagul Abdullayevna 1-kurs, 5320900-“Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi” ta’lim yo’nalishi, 4r,6r-18 guruhi talabalari bilan  O’zbekiston davlat san’at muzeyida “O’zbekiston tarixi” fanidan “Turkistonda mustabid sovet xokimiyatining o’rnatilishi. Sovet xokimiyatining O’zbekistonda amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy tadbirlarining mustamlakachilik mohiyati (1917-1989 yy)” mavzusida sayyor dars tashkil qilindi. 
Muzeyning XIX asr oxiri-XX asr boshlarida O’zbekiston tarixini yorituvchi eksponatlardan mavzuni yoshlarga faktlar asosida yetkazishda foydalanildi. 
Shuningdek, 1-kurs, 5640100-“Hayotiy faoliyat xavfsizligi” ta’lim yo’nalishi talabalariga Kafedra mudiri Isroilov Bektosh Erkinovich, s.f.n. Usarova F. hamda fan o’qituvchisi Elmuratova Umida Farxadovnalar boshchiligidaO’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning xotira muzeyida “O’zbekistontarixi” fanidan  “O’zbekiston mustaqillikka erishish yo’lida (1989-1991 yy.). O’zbekiston davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi, huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirilishi” mavzusida sayyor dars tashkil qilindi.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasining mustaqilligini qo’lga kiritilish davri mustaqilligimiz me’mori – Islom Karimovning tashabbuskorligi, fidoiyligi va qat’iyati bilan bo’g’liqlikda kechdi. Muzeydagi eksponatlar, rasmlar Vatanimizni mustaqillikka erishish ostonasidagi taxlikali vaziyatlar, mustaqillikni qo’lga kiritilishi, O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lining belgilash jarayonlari yoshlar ko’z o’ngida real namoyon qilinishida katta yordam berdi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH