OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIMLAR IMTIYOZ ASOSIDA  QABUL QILINADI?

OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIMLAR IMTIYOZ ASOSIDA QABUL QILINADI?

    Oliy o‘quv yurtida o‘qish har bir yoshning birdan bir xohishiga aylanib bormoqda. O‘z bilimi salohiyatiga ishongan yoshlar davlatimiz tomonidan qo‘llab quvvatlanadi. Shu sababdan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishning 5 ta muhim tashabbusi” qabul qilindi. Besh tashabbusga ko‘ra,yoshlarni rag‘batlantirish,ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muhim tamoyillardan biridir. Bugungi kunda ko‘pchilik ota-onalar va abituriyentlarni qiziqtirgan savollardan biri kimlar Oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli o‘qishga qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risi”dagi hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risi”dagi qaroriga ko‘ra quydagi o‘quvchilar davlat granti asosida, imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilinadi: 
  • Xalqaro va Respublika olimpiadalari g‘oliblari
  • Zulfiya nomidagi davlat mukofati sohibalari
  • “Mard o‘g‘lon” davlat mukofati sohibalari
  • “Tarbiyachi” respublika tanlovi g‘oliblari
  • “Hamshira”respublika tanlovi g‘oliblari
  • Badiiy Akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari
  • Nihol mukofoti sovrindorlari
  • Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Ishoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab internatini o‘qish davomida a’lo baholarga bitirgan bitiruvchilari
  • O‘zbekiston yoshlar ittifoqining respublika komissiyasi tomonidan berilgan tavsiyanoma sohiblari (pedagogika ta’lim yo‘nalishlari uchun)
  • Harbiy xizmatchilar orasidan yuqori natijalarga erishgan yosh harbiy xizmatchilar qabul qilinadi. 
      Shu o‘rinda, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ushbu qonun doirasida nogironligi bo‘lgan talabalar 8ta, harbiy xizmatchilarning farzandlari 1ta, tasviriy san’at bo‘yicha respublika g‘oliblaridan 5 nafari ta’lim olib kelishmoqda.


скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH