BELARUS RESPUBLIKASI OLIYGOHI BILAN HAMKORLIKDA

BELARUS RESPUBLIKASI OLIYGOHI BILAN HAMKORLIKDA

2019/2020-o‘quv yilida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti abituriyentlarga ko‘pgina qulayliklar yaratmoqda. Joriy yildan boshlab institutimizda ikkita xorijiy davlatlarning fakultetlari o‘z ish faoliyatini boshladi. Biri Parij xalqaro moda Akademiyasi bilan hamkorlikda bo‘lsa , ikkinchisi Belorus Respublikasining Vitebsk davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma fakultetlar o‘z faoliyatini boshlashdi. Joriy yilning 11-14 iyun kunlari Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti dekani, texnika fanlar nomzodi,dotsent R. Akbarov  Belarus Respublikasida bo‘lib qaytdi.  Oliygohlar o‘rtasida kelishuvlarga erishildi. 
Vitebsk davlat texnika universiteti 1965- yili tashkil etilgan. Universitet bugungi kunda 35dan ziyod davlatlar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Asosan yengil sanoat sohasiga malakalali mutaxassislar yetishtirib beradi. Institutimizda yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlab chiqarish texnologiyasi(teri mahsulotlari) fakulteti doirasida qo‘shma fakultet o‘z faoliyatini boshladi. Abituriyentga qo‘yiladigan talablardan biri rus tilini bilishdir. Abituriyentlar suhbat asosida qabul qilinadi. Asosan bakalvriatning kunduzgi va sirtqi bo‘limlariga qabul  davom etyapti. Sirtqi ta’lim darslari 2+2+1 tarzida tashkil etiladi. 2yil O‘zbekistonda, 2 yil Belarusda, oxirgi bir yili yana O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilmoqda. Talabalar o‘qishni tugatgach ikki davlat diplomiga ega bo‘lishadi. Qabul komissiyasiga abituriyent hujjatlarini rus tiliga tarjima qilib, notariusdan tasdiqlangan holda taqdim etilishi kerak.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH