OLIY TA’LIM SOHASI  VAKILLARINING O‘ZBEKISTON XALQIGA MUROJAATI

OLIY TA’LIM SOHASI VAKILLARINING O‘ZBEKISTON XALQIGA MUROJAATI

Joriy yilining 17-iyul kuni Turkiston san’at saroyida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 27- maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish” to‘g’risidagi Farmoniga muvofiq “korrupsiyasiz loyiha”doirasida O‘zbekiston RespublikasiOliy va o‘rta maxsus ta’limvaziri hamda Oliy ta’lim muassasalari rektorlarining O‘zbekiston xalqiga murojaati o‘qib eshittirildi. Tadbirda Respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor- o‘qituvchilar hamda jurnalistlar ishtirok etishdi.

Murojaatnomani Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov o‘qib eshittirdi Murojaatnoma “Har bir mamlakatning tolesi va taraqqiyoti yoshlarga qanday ta’lim va tarbiya berilishiga har tamonlama bog’liqdir”- deya A.Fitrat aytgan so‘zlar bilan boshlanadi. Ilmni har narsadan ustun qo‘yib kelgan, nopok ishlardan hazar qilgan, ma’naviyati va madaniyati yuksak bo‘lgan  o‘zbek xalqi uchun korrupsiya mutlaqo  yarashmaydigan illatdir. Korrupsiyani ildizi bilan yo‘qotish Oliy ta’lim sohasi xodimlari oldida turgan ustuvor vazifalardan biri ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng, rektorlar kengashi raisi B.Xoliyev  so‘zga chiqdi. Oliy ta’lim tizimida  korrupsiya immunitetini shakllantirish kerakligi haqida gapirib o‘tdi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda esa “Qaysi davlat kadrlar tayyorlashga e’tibor qaratsa, o‘sha davlat yutadi”, kadrlarni tanlashda salohiyatini inobatga olgan holda, korrupsiyasiz yo‘lni tanlashga hammani chaqirdi. 
“Yuksalish”umum milliy harakati a’zosi korrupsiyani yo‘qotish uchun oliy ta’lim tizimida nima ishlarniamalga oshirish borasida takliflarini bildirib o‘tdi. Takliflar quyidagicha;
  • Yozilgan taqrizlarni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish(shundagina korrupsiyasiz ham ilmiy ishlarni yoqlashga yo‘l ochiladi);
  • Ishonch telefonlarni ishga tushirish(faqat korrupsiya bo‘yicha xabar berish uchun, bunda xabardor qilgan kishini rag’batlantirishsa nur ustiga a’lo nur bo‘lardi);
  • Talabalarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish 
  • Oliy ta’lim muassasalarida jamoatchilik tashkilotlari tomonidan monitoring o‘tkazish.
Bugun islohotlar o‘zining hal qiluvchi eng yuqori bosqichiga ko‘tarilgan bir paytda  ulug’ bobolarimiz- buxoriylar, xorazmiylar,samarqandiylar,nasafiylar, termiziylar, farg’oniylar , shoshiylardan meros bo‘lib qolganhalollik va poklikni  shior qilib , farzandlarimizga ilm- fan sirlarini o‘rgatishda munosib avlod bo‘laylik. Tadbirda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi ham ishitrok etishdi. Institutimiz kelgusi o‘quv yilidan korrupsiyasiz soha rivojiga munosib hissasini qo‘shadi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH