BELARUS-O‘ZBEKISTON  BILAN HAMKORLIKDA QO‘SHMA FAKULTET TASHKIL ETDI

BELARUS-O‘ZBEKISTON BILAN HAMKORLIKDA QO‘SHMA FAKULTET TASHKIL ETDI

Belarus Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ikki tomonlama diplom (double degree) beriladigan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 2018-2019 o‘quv yilida O‘zbekiston va Belarus Respublikasi hamkorlida 3 ta oliy ta’lim muassasalarida qo‘shma fakultetlar ochilgan bo‘lsa, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab, 18 ta oliy ta’lim muassasalarida qo‘shma ta’lim tashkil etildi. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Belarus Respublikasidagi Vitebsk davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma fakultet tashkil etdi.
                         Fakultet nomi: Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi charm, mo‘yna mahsulotlari
O‘qish muddat 5 yil. Ta’lim shakli-sirtqi. Suhbat asosida qabul qilinadi. Dastur 2+2+1 shaklda olib boriladi. 1,2,5 kurslar O’zbekistonda talabalar o‘qitilsa, 3 va 4 kurslarda Belarus Respublikasida ta’lim olishadi. Yotoqxona bilan ta’minlanadi. 
Hujjatlar joriy yilning 25 iyulidan 10-avgustiga qadar davom etadi.
Taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:
  • Diplom(ilovasi bilan)
v Pasport nusxasi
v 0.86 ma’lumotnoma
v 3x4 rasm
  • OITS kasalligi mavjud emasligi haqida ma’lumot
Eslatib o‘tamiz hujjatlar rus tiliga tarjima qilinib,notarial tasdiqlangan holda taqdim etilishi kerak.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH