EZGU AN’ANA DAVOM ETMOQDA

EZGU AN’ANA DAVOM ETMOQDA

Xalqimiz azaldan bayramlarni, qutlug’ kunlarni o‘zgacha tayyorgarlik bilan qarshilaydi. Avvalo, ko‘cha va guzarlarni, hovlilarni tartibga keltirib, tozalik va orastalikni bosh masala qilib qo‘yadi. Kun sayin yaqinlashayotgan ulug’ ayyom –Mustaqilligimizning 28 –yilligi arafasida xalqimizning ana shu ezgu an’anasi umumxalq     hashari ko‘rinishida butun Respublikamiz bo‘ylab uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10- avgustdagi farmoyishiga binoan joriy yilning avgust oyi mamalakatimizda obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 17-18 avgust umumxalq xayriya hashari kunlari, deb e’lon qilindi.   

Erta tongdan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institute jamoasi ham bu galgi hasharga o‘zgacha kayfiyatda yetib kelishdi.

Institut atrofi, ichki taraflari yanada obodonlashtirildi. Xususan, hashar kunlarida ariq va zovurlar tozalandi, chiqindilar tashkiliy ravishda chiqarib tashlandi. Daraxtlar oqlanib, gullar begona o‘tlardan tozalandi. Har bir fakultetlar o‘ziga ajratilgan hududlarni obodonlashtirib, institutimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH