YANGI O‘QUV YILINING ILK KUNI

YANGI O‘QUV YILINING ILK KUNI

Mustaqillik- eng oliy ne’mat. Uni asrab-avaylash har birimizning burchimizdir. O‘zbekiston Respublikasining barcha oliy ta’lim muassasalarida mustaqillik darslari hamda talabalikka bag’ishlov darslari bo‘lib o‘tmoqda. Joriy yilning 4-sentabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanaot institutining majlislar zalida ham talabalikka bag’ishlov hamda mustaqillik  darslari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda talaba –yoshlar, professor-o‘qituvchilar hamda institutimiz faxriy o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Eslatib o‘tamiz, 2019-2020 o‘quv yiliga tayyorgarlik mobaynidainstitutimizda talabalar turar joylari qaytada ta’mirdan chiqarilib, Prezidentimizning besh tashabbbusi doirasida xonalar ajratilib, talaba yoshlarning madaniy hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor U.Abdullayev tadbirni ochib berdi.  Shuningdek, talaba-yoshlarni mustaqilligimizning 28-yillik bayrami bilan tabrikladi. Talabalarning kelgusi ishlarida rivoj tiladi. Shundan so‘ng, institutda uzoq yillar ishlab hozirda nafaqada bo‘lgan professor-o‘qituvchilar so‘zga chiqishib talabalarga soha ma’sulyati haqida gapirib, to‘qimachilik, yengil sanoat sohalari bugungi kunda yangi kashfiyotlarga muhtojligi haqida gapirib o‘tdi. Bir hafta davomida birinchi kursga qabul qilingan talabalar bilan institut miqyosida tanishtiruv haftaligi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Yangi – yangi marralarni zabt etishda talabalarimizgaomad yor bo‘lsin. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH