“OLIY TA’LIM TIZIMINI  2030-YILGACHA RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASI”GA BAG’ISHLANGAN  XALQARO PRESS-KLUB BO‘LIB O‘TDI

“OLIY TA’LIM TIZIMINI 2030-YILGACHA RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASI”GA BAG’ISHLANGAN XALQARO PRESS-KLUB BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida ” gi  farmonida mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan universitet va institutlarni 2030- yilga qadar rivojlantirish,  shu vaqt mobaynida kamida 10 ta oliy o‘quv yurtini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar “Quacquarelli Symonds World university Rankings, Timer Higher education, Academic Ranking of World Universities ” reytingining birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan O‘zbekiston milliyuniversiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 talikka kiritish talabi ilgari surilgan. 
Endilikda O‘zbekiston milliy  universiteti va Samarqand davlat universitetlari O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari flagmaniga aylanadi.  Shu o‘rinda press-klub doirasida Oliy  va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.  Majidov, Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti rektori G. Rixsiyeva, Toshkent tibbiyot Akademiyasi rektori L. To‘ychiyev, Samarqand davlat universiteti rektori R. Xalmurodovlar hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institut rektori B. Onorboyev Toshkent shahrida faoliyat olib boruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etishdi. 

        Press-klub doirasida barcha OTM muassasalarida ta’lim sifatini oshirish,kadrlar ilmiy salohiyatini ko‘tarish choralari xususida   gapirib o‘tildi. Konsepsiyaga binoan oliy ta’lim sohasida davlat – xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, sohada sog’lom raqobatni shakllantirish kabi masalalar kunning muhim mavzusiga aylandi. 
Shu bilan birga,oliy ta’lim muassasalari mustaqilligini ta’minlash, institut rektorlari o‘z muassasalari talabidan kelib chiqib, qabul kvotalarini institut ma’muriyati o‘zi belgilaydigan tizimga yetib kelganligini aytib o‘tishdi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH