MILLAT ILDIZINI QURITADIGAN OFAT

MILLAT ILDIZINI QURITADIGAN OFAT

Bugungi kunda har bir sohada  yangilanishlar, o‘zgarishlar bo‘lmoqda.  Joriy yildan boshlab oliy ta’lim tizimi yangicha rivojlanish bosqichiga o‘tdi. Bu bosqich ushbu sohada mehnat qilayotgan kadrlardan o‘z kasbiga nisbatan sadoqatli, mas’uliyatli bo‘lishni talab etmoqda.    
Korrupsiya — millat rivojiga bolta uruvchi ofatga aylanib ulgurdi. Yillar davomida oliy ta’lim tizimida chuqur ildiz otib, taraqqiyot rivojiga yirik to‘siq bo‘lib keldi.  Yaqinda  ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent iqtisodiyot universitetida korrupsiya avj olganligi tufayli institut rektori ishdan olindi, degan sovuq xabar tarqaldi. Bu ta’lim tizimida mehnat qilayotgan barcha insonlar uchun achinarli holat, albatta.  Bu shuni anglatadiki, boshqa rektorlar to‘g‘ri xulosa chiqarib, qo‘l ostidagi xodimlar bilan yanada ko‘proq ishlab, kadrlarni ishga qabul qilguncha ularning nafaqat bilimi balki,korrupsiya bo‘yicha  psixologik  testlar natijasini ham hisobga olishi kerak.
Korrupsiya xuddi olmaga tushgan qurtga o‘xshaydi.  Qurt insonning nafsi bo‘lsa, olma oliy ta’lim  tizimi bo‘lib qoldi. SHu kungacha hokimlar, hokimlarning o‘rinbosarlari korrupsiya bo‘yicha qo‘lga olindi. Lekin hech qaysi tizim o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargani yo‘q. 
Korrupsiya — “lotincha” “Aynish”, “Poraga sotilish” – mansabdor shaxsning o‘z mansabi bo‘yicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadida, bevosita suiiste’mol  qilish degani. 2018 yil davomida jami 1177 nafar mansabdor shaxs korrupsiyaga qo‘l urgani uchun javobgarlikka tortildi. Bu degani jamiyatimizda 1177 tashkilotda korrupsiyaning ildiziga bolta urildi. 
Korrupsiya nafaqat O‘zbekistonda,balki butun dunyo oliy ta’lim tizimiga  xavf solib turibdi. Ta’lim sohasidagi korrupsiya butun dunyo miqyosidagi hodisadir. Dunyo miqyosida oliy ta’lim tizimi eng korrupsiyalashgan soha hisoblanadi. Rossiya,  Ukraina kabi davlatlar oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarni bekor qilib, standartlashtirilgan kompyuter  darajasidagi testlarni joriy etish orqali uni oldini olishga  qaratilgan urinishlar deyarli  muvaffaqiyatsiz bo‘ldi.
Korrupsiya zanjir kabi butun tanamizni  egallab olmoqda. Odamlar pora berib ishini bitirishga o‘rganib qoldi. CHekka- chekka qishloqlarda odamlar porasiz jamiyatni taassavur qila olmaydi. Jamiyatimiz uchun pora qachon or-nomus  masalasiga ko‘tarilsa, shundagina uni yuqotish mumkin bo‘ladi. Har birimiz, avvalo, o‘zimizdan boshlasak, pora bermasdan ishimizni bajarishni, kutishni,sabr qilishni bilsakkinaporaxo‘rlik o‘z-o‘zidan boshimizga soya solgan bulut kabi yo‘qola boshlaydi. Oliy ta’lim tizimidagi korrupsiyani yo‘qotsak, biz tayyorlagan kadrlar el-yurtimizni o‘ylaydigan, jonkuyar bo‘lib etishadi. Zero, muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganidek Korrupsiya bilan hech qachon maqsadimizga  erisha olmaymiz”. 


скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH