KUTUBXONA-MA’RIFAT UYI

KUTUBXONA-MA’RIFAT UYI

Ma’lumki kutubxonalar qadim qadimdan insonlar uchun ma’naviyat va ma’rifat o‘chog’i bo‘lib, inson zoti doim kitoblarga intilib yashashgan. Kutubxonalar tufayli yosh-avlod  tarixiy shaxslar, qadimiy voqealar haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari mumkin. 

“Kutubxona- bu g‘oyalar maskani, unga hammani taklif qilish mumkin”, —deydi A. Gersen. Albatta , bugungi kunda kutubxonalarda dunyo yozuvchilarining barcha asarlarini uchratish mumkin. 
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tarkibida “Axborot-resurs markazi” faoliyatini olib bormoqda. Institutning Axborot — resurs markazi fondida bugungi kunda jami 239750 ta adabiyotlar mavjud . Ushbu kutubxonaga har yili turli xil yangilangan adabiyotlar olib kelinadi. Joriy yil uchun institut Axborot — resurs markaziga 104 ta kitob hamda 33 ta jurnal xarid qilindi. Joriy yilning 13-15 noyabr kunlari “Axborot kunlari” tashkil etildi. Unda institut “ARM” fondiga taqdim etilgan kitob va ilmiy jurnallarning ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.  104 ta kitoblar ichida yengil sanoat, kimyo, chizmachilik, badiiy kitoblar, to‘qimachilik, matematika, matbaa va qog’oz, fizika kabi sohalar uchun yangi adabiyotlar bor. 

Kitob o‘qish insonni ezgulikka chorlab, yangi g’oyalar paydo bo‘lishiga turtki bo‘ladi. Zero, kitob o‘qigan boladan yomonlik chiqmaydi. 


скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH