TOLERANTLIK - TINCHLIK SARI YO'L

TOLERANTLIK - TINCHLIK SARI YO'L

2019-yil 13-noyabr kuni “Kimyo” kafedrasida “To'qimachilik sanoati texnologiyasi”  fakulteti talabalari bilan xalqaro bag'rikenglik kuniga bag'ishlangan "Tolerantlik - tinchlik sari yo'l" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.“Kimyo” kafedrasi dotsenti I.I. Garibyan ma'ruza va taqdimotni o‘tib berdi. Tadbirda talaba-yoshlar va professor- o'qituvchilar ishtirok etishdi. Tadbirdan shu ma’lum bo‘ldiki, talabalar bag'rikenglik tushunchasini kuchaytirdilar, talabalar bir-birlarining shaxsiy farqlarini ko'rishni va qadrlashni o'rganishdi; ularning xarakteri bir-biridan farq qilishiga qaramay, guruh do'stona, bag'rikeng muhitda bo'lishiga ishonch hosil qildik. Va men bu iborani qo‘llashni juda xohlardim deydi I.I. Garibyan "Odamlarni baholamang, balki ularni qadrlang"!
Talabalar bag'rikenglik darajasini, boshqalarning fikriga hurmatni aniqlash maqsadida savollarga javob berishdi.  Tadbir barchaga bir-biriga hurmat, o'zaro tushunish, bag'rikenglik - bu dunyoda baxtli hayot va jamiyatda hamjihatlik uchun zarur tuyg’u ekanligini tushunishga yordam berdi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH